Yevropa ligasi: APL jamoasini turnirdan chiqarib yuborgan «Sevilya» yana inglizlarga qarshi to‘p suradi
Yevropa ligasining chorak finalida «Sevilya» APL jamoasi «Vulverhempton»dan ustun keldi.
Yagona golni o‘yin oxirlarida ispanlar yarimhimoyachisi Lukas Okampos kiritdi. Bu argentinalik futbolchi uchun YeL joriy mavsumidagi ilk gol bo‘ldi.
13-daqiqada «Vulverhempton» forvardi Raul Himenes penaltidan foydalana olganida o‘yin boshqa o‘zanga burilib ketishi ham mumkin edi.
Yarimfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan «Sevilya»ni oldinda yana bir ingliz jamoasi «Manchester Yunayted» kutmoqda.
Yevropa ligasi. Chorak final.
«Vulverhempton» (Angliya) — «Sevilya» (Ispaniya) — 0:1
Gol: Okampos (88).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter