Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa Ittifoqi Vengriyani yirik jarimaga tortdi

Yevropa Ittifoqi Vengriyani yirik jarimaga tortdi

Yevropa Ittifoqi adliya sudi Vengriyani 200 million yevro jarimaga tortdi, shuningdek, muhojirlarni qabul qilish bo‘yicha umumevropa qoidalarini buzish bilan bog‘liq avvalgi sud qarorlarini bajarishdan bosh tortgani uchun mamlakatni har bir kechiktirilgan kun uchun 1 million yevro to‘lashga hukm qildi.

Bu haqda sud matbuot xizmati xabarida aytilgan.

«Bu Yevropa qonunchiligining misli ko‘rilmagan va juda jiddiy buzilishi. Yevropa Ittifoqi Adliya sudi Vengriyani 200 million yevro va kechiktirilgan har bir kun uchun bir million yevro miqdorida jarimaga hukm qildi», — deyiladi materialda.

11 iyun kuni Financial Times gazetasi «Buxarestning to‘qqizligi» vakillari Budapeshtning Ukraina bo‘yicha pozitsiyasi tufayli Vengriyani uyushmadan chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini yozdi. FT ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi uchrashuvlarda Vengriya guruhning Ukrainaga yordamni oshirish zarurati haqidagi xulosalariga, shuningdek, Kiyevga harbiy yordamni oshirishga qaratilgan NATOning har qanday qadamlarini qo‘llab-quvvatlashga veto qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, Viktor Orban boshchiligidagi Vengriya hukumati Ukrainaga harbiy yordam va Rossiyaga sanksiyalar borasida Yevropa davlatlariga muxolif bo‘lib keladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring