Yevropa chempionlar ligasiga qur’a tashlandi:«o‘lim guruhi» aniqlandi
Monakoda Chempionlar ligasining 2018-19-yilgi mavsumi guruh bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yangi formatga ko‘ra 26 jamoa guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oldi. Qolgan 6ta ishtirokchi pley-off orqali aniqlandi.
Qur’a arafasida 32 jamoa 4 savatchaga ajratildi.
Birinchi savatchadan musobaqaning amaldagi g‘olibi, Yevropa ligasi g‘olibi hamda UYeFA koeffitsiyentlar reytingida eng yuqorida turgan 6 liganing chempion jamoalari o‘rin olishdi, birinchi savatcha quyidagi jamoalardan tarkib topdi: «Real» (YeChL g‘olibi), «Barselona» (Ispaniya chempioni), «Manchester Siti» (Angliya chempioni), «PSJ» (Fransiya chempioni), «Atletiko» (YeL g‘olibi), «Bavariya» (Germaniya chempioni), «Yuventus» (Italiya chempioni), «Lokomotiv» (Rossiya chempioni).
Guruhlar esa quyidagicha ko‘rinish oldi:
A guruhi: «Atletiko», «Borussiya» D, «Monako», «Bryugge»;
B guruhi: «Barselona», «Tottenhem», «PSV», «Inter»
C guruhi: «PSJ», «Napoli», «Liverpul», «Srvena Zvezda»
D guruhi: «Lokomotiv», «Portu», «Shalke-04», «Galatasaroy»;
E guruhi: «Bavariya», «Benfika», «Ayaks», AYeK
F guruhi: «Manchester Siti», «Shaxtyor», «Lion», «Hoffenhaym»;
G guruhi: «Real», «Roma», SSKA, «Viktoriya» Plzen
H guruhi: «Yuventus», «Manchester Yunayted», «Valensiya», «Yang Boyz».
«Barselona», «Tottenhem», «PSV», «Inter» kabi jamoalar o‘rin olgan guruhda bahslar qizg‘in bo‘lishi taxmin qilinmoqda va uni «o‘lim guruhi» deb ham atash mumkin. Shuningdek,«Yuventus»va «Manchester Yunayted» qarama-qarshiligi ham muxlislarni befarq qoldirmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter