Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevroosiyo taraqqiyot banki Toshkentda o‘z ofisini ochadi

Yevroosiyo taraqqiyot banki Toshkentda o‘z ofisini ochadi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeTB) boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda hamkorlik chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Bank raisi O‘zbekiston YeTB’ning mintaqadagi asosiy hamkorlaridan biri yekanligini ta’kidlab, yaqin vaqt ichida bir qator yirik davlatlar aksiyadorlar tarkibiga qo‘shilishini ma’lum qildi.

Tomonlar umumiy qiymati $3,3 mlrdga teng bo‘lgan qo‘shma loyihalarni ishga tushirishga kelishishdi. Xususan, joriy yilda 5ta no-suveren loyiha amalga oshiriladi.

Shuningdek, yil oxirigacha Toshkentda YeTB’ning mamlakat idorasini ochish rejalashtirilgan. Bu orqali tomonlar loyihalarni moliyalashtirishni tezlashtirish va hamkorlikni yaxshilashni maqsad qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring