Yevro-2020. Italiya va Ispaniya o‘yinida g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi

Yevropa chempionatida Italiya va Ispaniya final yo‘llanmasi uchun o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning 60-daqiqadasida Italiya qarshi hujumdan unumli foydalanib hisobni ochdi. Federiko Keza chiroyli gol muallifi bo‘ldi. Bu vaqtga qadar o‘yinda ispanlar biroz ustunlik qilayotgan va bir nechta qulay vaziyatlarni qo‘ldan chiqarishgan edi. 80-daqiqada Ispaniya baribir gol urdi. Zaxiradan maydonga tushgan Alvaro Morata hisobni tenglashtirdi.
Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda boshqa gol kiritilmadi. Penaltilar seriyasida esa omad italiyaliklarga kulib boqdi.
Italiya — Ispaniya 1:1
Gollar: Keza (60) — Morata (80).
Penaltilar seriyasi — 4:2.
Italiya – Donnarumma, Kellini, Di Lorenso, Emerson (Toloi, 74), Bonuchchi, Verratti (Pessina, 74), Barella (Lokatelli, 85), Keza (Bernardeski, 107), Jorjino, Insine (Belotti, 85), Immobile (Berardi, 62).
Ispaniya – Simon, Alba, Aspilikueta (M.Lorente, 85), Laport, Erik Garsiya (Pau Torres, 109), Pedri, Buskets (Tiago Alkantara, 105), Ferran Torres (Morata, 62), Olmo, Oyarsabal (Moreno, 70), Koke (Rodri, 70).
Ogohlantirishlar: Buskets (51), Toloi (97), Bonuchchi (118).
Penaltilar seriyasi: Lokatelli (0:0, darvozabon), Olmo (0:0, noaniq), Belotti (1:0), Moreno (1:1), Bonuchchi (2:1), Alkantara (2:2), Bernardeski (3:2), Morata (3:2, darvozabon), Jorjino (4:2).
Italiya finalda Angliya — Daniya juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter