Euronews: Kim Chen In Xitoyga keldimi yoki kelmadi?

Qator ommaviy axborot vositalari Kim Chen Inning Xitoyga tashrifi haqida ma’lumotlar yoritgandilar.
Rasmiy Pekin 27-mart kuni tashqi ishlar vazirligi tomonidan uyushtirilgan brifingda «Bloomberg» nashrining Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning Xitoyga tashrif buyurgani to‘g‘risidagi xabarlaridan taajjubda ekanini bildirdi.
Shuningdek matbuot anjumanida Xitoyning Shimoliy Koreya bilan aloqalari har doim yaxshi bo‘lib kelganligi, bunda birorta yangilik yo‘qligi ta’kidlandi.
Keyinchalik Xitoyga Kim Chen Inning o‘zi emas, Shimoliy Koreyaning yuqori martabali vakili kelganligi ma’lum qilindi. «Bu tadbirdan asosiy maqsad Kim Chen Inning kelajakda bo‘ladigan, lekin muddati noma’lum tashrifiga tayyorgarlik bo‘lgan», — deb yozadi «Euronews.com».
Shunday qilib, Kim Chen Inning Xitoyga kelgan yoki kelmagani to‘g‘risidagi savollar yana ochiq qoldi.
Chunki bundan bir kun avval qator ommaviy axborot vositalari Kim Chen Inning Xitoyga tashrifi haqida ma’lumotlar yoritgandilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter