Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya hamda Germaniya EURO-2024 mezbonligi uchun kurash olib bormoqda

Turkiya hamda Germaniya EURO-2024 mezbonligi uchun kurash olib bormoqda

Foto:«India.com»

Turkiya futbol federatsiyasi prezidenti Yildirim Demireren UEFA bosh kotibi Teodor Teodoridusga 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Yevropa chempionatiga mezbonlik qilish uchun talabnomani topshirdi. Bu haqda «Aif.ru» sayti «RBK» kanaliga asoslanib xabar bermoqda.

«Bugun biz mamnuniyat bilan UEFA bosh kotibiga EURO-2024 musobaqalariga mezbonlik qilish uchun o‘z talabnomamizni taqdim qilmoqdamiz. Yana shuni ham alohida qayd etishim kerakki, biz o‘z tarixmizdagi va bu safargisi eng yaxshi talabnomani taqdim qilmoqdamiz. Shuningdek, biz buning uchun davlatning misli ko‘rilmagan qo‘llab quvvatlashiga ham erishdik» dedi Demireren.

Turkiya chempionatni qabul qilishga tayyorligini o‘tkan yilning mart oyida e’lon qilgan edi. Bu safar esa to‘liq talabnoma topshirdi. Talabnomaning taqdimoti Shveysariyaning Nyon shahridagi UEFA shtab kvartirasida bo‘lib o‘tdi.

Talabnomani qabul qilish muddati 27-aprel kuni o‘z nihoyasiga yetadi. Hozircha musobaqani qabul qilish uchun 2ta davlat: Germaniya va Turkiya talabnoma taqdim etgan. Yakuniy qaror 27 sentyabr kuni e’lon qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring