Yetti hududda koronavirus yuqtirgan yangi bemorlar qayd etildi
2020-yil 20-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16 966 (+214) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 34 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 76 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 32 nafari Andijon viloyatida, 26 nafari Namangan viloyatida, 21 nafari Sirdaryo viloyatida, 11 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 9 nafari Jizzax viloyatida hamda 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 9 279 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog‘aygan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter