YeTTB O‘zbekiston sug‘orish tizimi uchun suveren kredit ajratadi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) O‘zbekistonda 110 ta sug‘orish nasos stansiyasini modernizatsiya qilish uchun 250 million dollargacha suveren kredit ajratadi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Bitim Toshkent xalqaro investitsiya forumida imzolangan. Suveren kredit — davlat zimmasidagi qarz hisoblanadi.
Loyiha 10 ta hududni qamrab oladi va milliy sug‘orish tizimini modernizatsiya qilish dasturiga xizmat qiladi. Natijada yiliga 251 ming MVt elektr tejaladi, atmosferaga chiqadigan karbonat angidrid miqdori 117 ming tonnaga kamayadi. Nasos stansiyalariga quyosh panellari ham o‘rnatiladi.
Hozirda YeTTBning O‘zbekistondagi portfeli 5,6 mlrd yevrodan oshiq bo‘lib, 181 ta loyihani o‘z ichiga oladi. Mablag‘larning aksariyati xususiy sektorga yo‘naltirilgan. O‘zbekiston besh yildirki, YeTTB investitsiyalarining mintaqadagi eng yirik yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter