«Eski juva» bozorida sifatsiz go‘sht mahsulotlari sotuvi to‘xtatildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan tuman Veterinariya bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tumandagi «Eski juva» dehqon bozorida o‘tkazilgan tekshiruvda, fuqaro J.T. tegishli hujjatlari bo‘lmagan sifatsiz go‘sht mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, jami 72,5 kg mol go‘shti ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter