Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eski haydovchilik guvohnomalarining muddati uzaytirilmoqda

Eski haydovchilik guvohnomalarining muddati uzaytirilmoqda

«Prava» almashtirish muddati 2021-yil yakunigacha uzaytirildi, qayta imtihon topshirish kerak emas» - deya xabar bermoqda DXA matbuot xizmati. 

So‘ngi paytlarda aholi o‘rtasida 2021-yilda haydovchilik guvohnomalarini almashtirishda qayta imtihon topshirish kerak bo‘ladi, degan noto‘g‘ri ma’lumot tarqala boshladi.

Davlat xizmatlari agentligi vaziyatga aniqlik kiritdi.

Eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish 2021-yil 31- dekabrga qadar davom etadi. Bunda Davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlar kabi, ortiqcha byurokratiyasiz, soddalashtirilgan tartib amal qiladi. Ya’ni, qayta imtihon varaqasi talab etilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, xizmatdan foydalanish uchun pasport, eski haydovchilik guvohnomasi va uning talonini taqdim etish hamda bazaviy hisoblash miqdorining 70 % (bugungi kunda 156 100 so‘m) miqdoridagi to‘lovni amalga oshirish lozim.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring