Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eshitishda nuqsoni bor bolalar uchun 62 mlrd so‘m ajratiladi

Eshitishda nuqsoni bor bolalar uchun 62 mlrd so‘m ajratiladi

Prezident Mirziyoyev Urganchdagi yig‘ilishda mamlakatda «saxovat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik keng namoyon bo‘ladigan muqaddas Ramazon oyi yaqinlashayotgani»ni, ushbu oyda ehtiyojmand insonlar holidan xabar olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligini qayd etdi.

«Shu bois, eshitishda nuqsoni bor 500 nafar bolaga bepul koxlear apparati va boshqa implantlar qo‘yish uchun 62 milliard so‘m ajratilishi belgilandi. Yana 2 ming nafar bola eshitish moslamasi bilan ta’minlanadi.

Paralimpiya sport turlari bilan shug‘ullanayotgan xorazmlik 10 nafar yoshlarga 7 turdagi zamonaviy sport protez va reabilitatsiya vositalari olib beriladi», – deydi davlat rahbari.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring