Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eshitish qobiliyati yomonlashuviga qarshi yaxshi vosita topildi

Eshitish qobiliyati yomonlashuviga qarshi yaxshi vosita topildi

Foto: «Depositphotos.com»

Janubiy Koreya tibbiyot mutaxassislari shokolad eshitish qobiliyati yomonlashuvini sekinlashtiradi, degan xulosaga kelishdi. Qolaversa, bu mahsulot o‘rta yoshlilarda ko‘p kuzatiluvchi quloqda shovqin paydo bo‘lishi ehtimolini ancha kamaytirar ekan.

Seullik tibbiyot mutaxassislarining kuzatuvlariga ko‘ra, muntazam shokolad iste’mol qiluvchilar orasida 40 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan davrda eshitish qobiliyatining susayib ketishi yoki butunlay yo‘qolishi ehtimoli boshqalarga nisbatan ancha kam. 2012-2013-yillarni o‘z ichiga olgan Salomatlik va ovqatlanish milliy tadqiqoti yakuniy natijalari koreys olimlarini shunday xulosa chiqarishga undagan.

Nega aynan shokolad?

Ekspertlar bu mo‘’jizaga kakao tarkibidagi polifenol deb ataluvchi kimyoviy moddalar sababchi ekanini aytishmoqda. Yallig‘lanishga qarshi kuchli effekt va antioksidat xususiyatlariga ega polifenollar quloqlarni shovqin paydo bo‘lishidan va eshitish qobiliyati yo‘qolishidan asraydi, deb yozmoqda «Argumenti.ru».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring