Eshitdingizmi? To‘y haqida qaror chiqibdimish (video)

«Facebook»da «O‘zi nima gap?» nomli yangi loyiha yo‘lga qo‘yildi. Loyiha mualliflari jamiyatimizda yuzaga kelayotgan savollar va muhokamalarga sabab bo‘layotgan yangiliklar, huquqiy hujjatlar haqida hikoya qilishni maqsad qilib olishgan.
Loyihaning dastlabki mavzusi bugungi kunda «O‘znet» trendiga chiqqan to‘ylarni qisqartirish mavzusi bo‘ldi.
To‘y boshlaganlar «to‘y ro‘yxati»ni, san’atkorlar «stavka»ni, to‘yxonalar «prays-list»ni qayta ko‘rib chiqayotganmish-mish-mish… O‘zi nima gap? Rostan ham qaror chiqdimi? Muallif Aziza Qurbonova shu kabi mish-mish va savollarga oydinlik kiritish barobarida qaror loyihasida nazarda tutilmagan bir qancha jihatlarni ham sanab o‘tadi. Bular haqida batafsil quyidagi videolavhadan bilib olishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter