Turkiya janubi-sharqida dahshatli avariya yuz berdi, o‘nlab odamlar qurbon bo‘ldi

20-avgust kuni Turkiya janubi-sharqida yuk mashinasining halokatga uchrashi oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi, 29 kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda TRT.
Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Faxriddin Xoja bayonot berdi.
«Afsuski, bizda yangi baxtsiz hodisa yuz berdi. Mardin viloyatining Derik tumanida yuk mashinasining tormozi ishlamay qoldi, u olomon ustiga bostirib keldi, 16 kishi halok bo‘ldi, 29 kishi jarohat oldi, ulardan sakkiz nafari og‘ir», — deb yozdi vazir Twitterda.
Hodisa Suriya bilan chegaradagi Mardin viloyatida sodir bo‘lgan. Yuk mashinasining tormozi ishlamay qolgan, u dastlab to‘xtab turgan ikkita mashinaga, keyin esa kafe joylashgan binoga borib urilgan.
Keyinroq Mardindagi baxtsiz hodisa faktini Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu tasdiqlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter