Eshak go‘shti bilan bog‘liq holatga aniqlik kiritildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Parkent tumani So‘qoq qishlog‘ida eshak go‘shtidan taom (shashlik) tayyorlanmoqda, ehtiyot bo‘ling» kabi xabar va fotolar tarqaldi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu holat Toshkent viloyati hududida sodir bo‘lgan emas.
Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati xabar qilishicha, joriy yilning 26 may kuni viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, Koson tumani Arabxona maxallasida yashovchi, fuqaro N.T.ga tegishli bo‘lgan xonadon hovlisi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, fuqarolar N.T, S.N., Sh.X., T.A. lar ushbu xonadonda iste’mol qilinishi mumkin bo‘lmagan hayvon (eshak)larni so‘yib, go‘shtini suyaklaridan ajratib kelayotganligi aniqlangan. Hozirda surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter