YeI va NATO Rossiyani «Navalniy ishi»ga jiddiyroq qarashga chaqirdi
Yevropa Ittifoqi rahbari Sharl Mishel va NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiyani muxolifatchi Aleksey Navalniy ishi bo‘yicha tergov o‘tkazishga chaqirdi.
Yens Stoltenberg NATO davlatlari Navalniy bo‘yicha vaziyat yuzasidan konsultatsiya o‘tkazish niyatida ekanini ma’lum qilgan. NATO rasmiysiga ko‘ra, vaziyat bo‘yicha o‘tkir tekshiruvlar o‘tkazish talab etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 20-avgust kuni Aleksey Navalniy uchgan samolyot Omskda qo‘ndirilgan. Muxolifatchi komaga tushgan. Keyinchalik u Germaniyaga olib ketildi.
Bir necha kun avval nemis rasmiylari Navalniy organizmida «Novichok» guruhiga kiruvchi modda topilganini ma’lum qilgan.
«Navalniy ishi» bo‘yicha vaziyat jiddiy tus olsa G‘arb Rossiyaga yangi sanksiyalar joriy etishi mumkinligi haqida farazlar ham yangramoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter