Ertaga Toshkentning bir qator ko‘chalarida harakat cheklanadi
Ertaga, 28-noyabr kuni o‘tkazilayotgan «Salomatlik sari 5000 qadam» yarim marafon munosabati bilan soat 08.00 dan 14.00 gacha ayrim ko‘chalarda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
Oybek va Afrosiyob ko‘chalari Nukus ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha, Afrosiyob Beshyog‘och chorrahasidan Olmazor-Islom Karimov chorrahasigacha, shuningdek Sharof Rashidov, Shota Rustaveli va Mirobod ko‘chalari bilan kesishgan joyda harakat to‘xtatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter