Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga Toshkentning ayrim ko‘chalari harakat uchun vaqtincha yopiladi

Ertaga Toshkentning ayrim ko‘chalari harakat uchun vaqtincha yopiladi

Ertaga, yakshanba kuni Toshkent shahrida «Tashkent Global Forum» tashkiloti boshchiligida  3 km. ga yugurish «Business Run» marafoni o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan 16-oktyabr soat 06:00 dan soat 11:00 gacha bir nechta ko‘chalar yopiladi:

  • Islom Karimov ko‘chasidan – Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov ko‘chasigacha;
  • Afrosiyob ko‘chasidan – Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov ko‘chasigacha;
  • Sharof Rashidov ko‘chasidan – Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Afrosiyob ko‘chasigacha.

Poytaxt hokimligi haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya qilib, noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring