Ertaga Toshkent markazidagi ayrim ko‘chalar yopiq bo‘ladi

Duatlon bo‘yicha O‘zbekiston Chempionati o‘tkazilishi munosabati bilan 8 noyabr kuni soat 07:00 dan 13:00 gacha quyidagi yo‘l qismlari harakatlanish uchun
1) Qoratosh ko‘chasi — Samarqand Darvoza (Samarqand Darvoza SKM) ko‘chasidan Xalqlar Do‘stligi maydoni yo‘nalishida;
2) Islom Karimov shoh ko‘chasi — Olmazor («O‘zbekiston» metro bekati) ko‘chasidan Xalqlar Do‘stligi maydoni yo‘nalishida;
3) Bobur ko‘chasi — O‘rikzor (O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, «Rakat» mahallasidan chiqish) ko‘chasidan;
4) Sport tadbirlari o‘tkaziladigan butun yo‘nalish. O‘z ichiga Islom Karimov, Furqat, Seul, Bunyodkor ko‘chalarining qismlarini oladi (Seul ko‘chasidan Islom Karimov shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qo‘shimcha yo‘l).
«Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llar orqali harakatlanishni tavsiya etamiz. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», deyiladi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter