Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga Quyosh tutiladi

Ertaga Quyosh tutiladi

Illyustrativ foto

Ertaga, 8-aprel sanasida Shimoliy Amerikada quyoshning to‘liq tutilishi kuzatiladi. Uni Meksika, AQSh va Kanadada kuzatish mumkin.

Hodisa Tinch okeanida boshlanadi, uni birinchi bo‘lib Kuk orollari tarkibiga kiruvchi Penrin atollida yashovchilar ko‘ra olishadi.

So‘ngra Quyoshni to‘suvchi Oy soyasi 2500 km/soatdan yuqoriroq tezlikda okean bo‘ylab o‘tib, mahalliy vaqt bilan soat 11:07 (Grinvich bo‘yicha 18:07) Meksika sohillariga yetib boradi, 20 daqiqadan so‘ng Meksika va AQSh chegarasini kesib o‘tadi, yana bir necha soatdan so‘ng, butun qit’ani kesib o‘tib, Atlantika okeaniga o‘tib ketadi.

Quyoshning keyingi halqali (to‘liq bo‘lmagan) tutilishi shu yilning 2-oktyabrida Janubiy Amerikada kuzatiladi. Uni, shuningdek, qisman Shimoliy Amerikada, Tinch okeani va Atlantikada kuzatish mumkin bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring