Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga Qoraqalpog‘iston voqealari yuzasidan sud boshlanadi

Ertaga Qoraqalpog‘iston voqealari yuzasidan sud boshlanadi

Foto: Xabar.uz

2022-yil 16-iyul kunidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha komissiya o‘z ishini boshlagan edi.

Shu kunga qadar Komissiya a’zolari taklifi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi iltimosnomasiga ko‘ra, Bosh prokuratura tomonidan 107 nafar ayblanuvchi jamoat kafilligi va qamoq ehtiyot chorasi insonparvarlik tamoyili asosida uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirilishi orqali o‘z oilasi bag‘riga qaytarildi.

Tergov jarayonlari davomida ayblanuvchilarning saqlash sharoitlari, qiynoqqa solmaslik, advokat bilan ta’minlanganlik kabi masalalar Mustaqil komissiyaning doimiy nazoratida bo‘ldi.

Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealar bo‘yicha sud jarayonlari 28-noyabr kuni boshlanadi.

Komissiya a’zolari sud jarayonlarida ham kuzatuvchi sifatida ishtirok etishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring