Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga O‘zbekiston tarixida ilk marotaba xokkey bo‘yicha mamlakat chempionati boshlanadi

Ertaga O‘zbekiston tarixida ilk marotaba xokkey bo‘yicha mamlakat chempionati boshlanadi

Foto: «olympic.uz»

8-fevral kuni xokkey bo‘yicha O‘zbekiston birinchi chempionati boshlanadi. Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk marotaba o‘tkazilayotgan ushbu musobaqada «Binokor», «Humo», «Semurg‘» va «Toshkent» jamoalari ishtirok etadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

O‘yinlar «Ice City» muz arenasida tashkil qilinadi. Ikki oy davom etadigan chempionat doirasida 24 ta uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

8-fevral kuni «Toshkent» hamda «Binokor» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan O‘zbekiston I chempionati start oladi. Ushbu bahsdan so‘ng muzga «Humo» hamda «Semurg‘» jamoalari chiqib keladi. Ochilish marosimi soat 18:00 da boshlanadi.

Muntazam chempionat 17-mart kuni yakunlanadi. 20-martdan boshlab esa ikki raunddan iborat pley-off bahslari boshlanadi. Unda o‘yinlar uchta g‘alabagacha o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi 2018-yilning 28-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Federatsiyaning asosiy maqsad va vazifasi mamlakatda xokkeyni ommalashtirish va rivojlantirish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xokkey bo‘yicha respublika chempionati, kubogi, O‘zbekiston hududida o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalarni tashkil qilishdan iboratdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring