Ertaga joylarda harorat pasayib, yomg‘ir yog‘ishi kutiladi

Respublika Gidrometeorologiya markazi ertaga, 30-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkent shahri.
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11°, kunduzi 16-18° bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 17-22° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax.
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona.
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari.
Havo o‘zgarib turadi, tog‘ oldi va tog‘ hududlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘ hududlarda qorga aylanishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 5-10° bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter