Ertaga hududlarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabariga ko‘ra, 21-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechqurun yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 4-6 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin). G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin). G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin). G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin). G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter