Ertaga ertalabdan barcha «zapravka»lar ochiladi
Ayni paytda Farg‘ona vodiysiga gaz ta’minotini normallashtirish bo‘yicha jadal ishlar olib borilmoqda. Ushbu ishlarni yaqin vaqt ichida yakunlash rejalashtirilgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Bugun, ertalab soat 9:00 dan boshlab shaharlararo yo‘nalishlar bo‘ylab, shuningdek aksariyat hududlarda gaz quyish shoxobchalari odatiy ish rejmida ishlay boshladi. Ayni paytda Toshkent, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida gaz bosimi me’yori pastligi bois, ushbu viloyatlardagi gaz quyish shoxobchalarida vaqtinchalik cheklovlar saqlanib turibdi.
«Avtomobil haydovchilariga ushbu vaziyatni tushunganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz va iloji bo‘lsa, zarur hollarda muqobil yoqilg‘i turi – AI-80 benzini yoki boshqa markalardan foydalanib turishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ertaga ertalabdan boshlab respublikadagi barcha gaz quyish shoxobchalari odatiy ish rejimida ishlay boshlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter