Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertadan Ispaniya tarixida eng uzoq davom etuvchi motam boshlanadi

Ertadan Ispaniya tarixida eng uzoq davom etuvchi motam boshlanadi

Foto: «Cadenaser.com»

Ispaniya hukumati chorshanba kunidan 10 kunlik motamni rasman e’lon qildi, deya ma’lum qildi vazirlar mahkamasi rasmiy vakili, moliya vaziri Mariya Xesus Montero. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

«Bugun ertalab vazirlar kengashi koronavirus pandemiyasi qurbonlari uchun butun mamlakat bo‘ylab rasmiy motam e’lon qilinganligi haqidagi deklaratsiyani qabul qildi. Motam chorshanba, ya’ni ertadan boshlab 10 kun davom etadi. Davlat binolari va harbiy dengiz kuchlaridagi barcha bayroqlar tushiriladi», — dedi Montero.

Bu Ispaniya tarixida eng uzoq davom etuvchi motam bo‘ladi. Milliy motam oxirgi marta 2017-yil avgustda Barselona va Kambrilsda sodir etilgan teraktlardan keyin e’lon qilingandi.

Epidemiya boshlangandan beri Ispaniyada 26,8 ming kishi vafot etdi, 235 ming kishida koronavirus aniqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring