Eronlik qizlar futbol uchrashuviga tushish uchun yigitlar qiyofasiga kirishdi
Eronlik qizlar mamlakat chempionati doirasida «Persepolis» va «Sepidrud Resht» o‘rtasidagi o‘yinga tushish uchun soqol qo‘yib, yigitlar qiyofasiga kirib olishdi.
Uchrashuv maydon egalarining yirik — 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi va «Persepolis» mamlakatning 11 karra chempioniga aylandi.
Ta’kidlanishicha, Eronda ayollarning futbol uchrashuvlariga tushishini xushlashmaydi. Shuning uchun ham jamoasi chempionlik uchrashuvida qo‘llab-quvvatlash va g‘alabasini nishonlash uchun qizlar stadionga yigitlar qiyofasida kirishga majbur bo‘lishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter