Eronda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Eronda juma kunidan beri davom etayotgan yog‘ingarchilik tufayli kuzatilayotgan sel oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «Sabah.com.tr» sayti.
Mamlakatning 37 ta tumanida uch kundan beri davom etayotgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida ko‘plab uylarni suv bosgan.
Eron «Qiziloy» qidiruv-qutqaruv tashkiloti boshlig‘i Murtazo Salimiyning aytishicha, seldan jabrlangan 2679 kishiga yordam ko‘rsatilgan.
Hukumat sellar kuzatilayotgan hududlarda yashayotgan aholiga, zaruriyat bo‘lmasa, tashqariga chiqmaslikni tavsiya qilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter