Eronda yana bir isyonchi qatl etildi
Bugun, 12-dekabr tongida Eronning Mashhad shahrida jamoat ko‘z o‘ngida isyonlar qatnashchisi Majidrizo Rahnavord osib o‘ldirildi. Bu haqda Azad İran telegram kanali Xuroson adliya boshqarmasi boshlig‘i G‘ulomali Sodiqiyga asoslanib xabar berdi.
23 kun avval Mashhaddagi Eron inqilobi sudi Rahnavordga o‘lim hukmini o‘qigandi.
Eslatib o‘tamiz, bu Eronda davom etayotgan isyonlarda qatnashganlik uchun berilgan va ijro etilgan ikkinchi o‘lim jazosi. Bungacha Muhsin Shikoriy qatl etilgandi.
Kecha «Traktor» FK va «Roh Ohan» jamoalari sobiq futbolchisi Amir Nasr-Ozodoniy o‘limga hukm qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter