Eronda to‘rt kishi josuslikda ayblanib qatl etildi
Eronda to‘rt kishi Isroil tashqi razvedka xizmatlari foydasiga josuslik qilganlikda ayblanib, qatl etildi.
Bu haqda «Mehr» agentligi Eron Oliy sudi hukmiga tayanib xabar berdi.
Hujjatda ta’kidlanishicha, «Sionistik rejim (Isroil) razvedkasi bilan hamkorlik qilish va odam o‘g‘irlashda ayblangan to‘rt nafar ayblanuvchi yakshanba kuni erta tongda qatl etilgan».
Yana uch kishi «mamlakat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etish, odam o‘g‘irlashda sheriklik qilish va qurol saqlash» ayblari bilan besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter