Eronda saylovning birinchi turida g‘olib aniqlanmadi
5 iyul kuni Eronda prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Birinchi bosqichda nomzodlarning hech biri g‘alaba qozonish uchun talab qilinadigan 50 foizdan ortiq ovozni to‘play olmadi.
24 milliondan ortiq ovoz sanab chiqilgan, reformist Masud Pezeshkian 10 milliondan ortiq ovoz bilan yetakchilik qilmoqda, u 9,4 milliondan ortiq ovoz to‘plagan konservator Said Jalilidan oldinda.
Eslatib o‘tamiz, Eronning sobiq prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter