Eronda prezident saylovining ikkinchi turi boshlandi
Eronda prezident saylovining ikkinchi turi boshlandi — bugun, 5-iyulda mamlakatdagi saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da ochildi.
Saylov natijasi barcha ovozlar hisoblab bo‘lingach, 6-iyulda — kunning birinchi yarmida ma’lum bo‘ladi.
Prezident lavozimi uchun sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Mas’ud Pizishkiyon (69 yosh) va Eron yetakchisining Milliy xavfsizlik bo‘yicha oliy kengashdagi vakili, konservator Said Jaliliy (58 yosh) kurashmoqda.
28 iyun kuni o‘tkazilgan saylovning birinchi turida Pizishkiyon 44 foiz, Jaliliy 40 foiz ovoz to‘plagandi. G‘alaba qozonish uchun saylovchilarning 50 foiz ovozini to‘plash kerak.
Pizishkiyon chet el sarmoyalarini jalb etish, G‘arb bilan muloqot, hamkorlikdagi Yadroviy bitim sarmoyalarini jalb etish, ayollar va mayda millatlar huquqlarini kengaytirish tarafdori.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter