Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda dahshatli jazirama bo‘lgani aytildi. Mutaxassis izohi

Eronda dahshatli jazirama bo‘lgani aytildi. Mutaxassis izohi

OAVda «Eronning Keshm orolida havo harorati +81 darajagacha ko‘tarildi»  degan ma’lumotlar tarqaldi.

Meteorolog Erkin Abdulahatovga ko‘ra, bu ma’lumot haqiqatga yaqin emas. 

«Bu havo harorati emas, issiqlik indeks qiymati.

Dunyoda eng yuqori rekord darajadagi issiq havo harorati AQShning Ajal vodiysida kuzatilgan va u +56,7 darajagacha ko‘tarilgan. Hozircha bu rekord yangilanmadi», deya yozadi mutaxassis. 

Issiqlik indeksi - bu havo harorati va havo nisbiy namlik qiymatlari asosida havo haroratini his qilinishidir.

Namlik yuqori ko‘tarilgan sari plyusli havo haroratini inson tanasi his qilishi real havo haroratdan yuqoriroqdek tuyilaveradi.

Inson tanasi odatda terlash yoki teri ajratish orqali tanasini sovutib turadi. Bunda terning bug‘lanishi bilan tanadan issiqlikni chiqarib yuboradi. Quruq havoda bu hodisa faol kuzatiladi. Biroq, yuqori haroratda yuqoriroq nisbiy namlik ter bug‘lanish tezligini keskin kamaytiradi. Ter tanadan chiqib ketmaydi. Natijada, tana ichki issiqligini tashqariga chiqarish funksiyasi buziladi. Bu kishilarda haddan tashqari qizib ketish hissini keltirib chiqaradi.

Ammo, ushbu ta’sirlar sub’yektivdir. Hamma bu jarayonni har xil o‘tkazadi. Masalan, tana shaklidagi farqlar, metabolik farqlar, homiladorlik, menopauza, giyohvand moddalar ta’siridagi tana hissiyotni har xil qabul qildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring