Eron sudi ham «Telegram»ni blokladi

Eronning sud organlari «Telegram» messenjerini bloklash haqida qaror chiqardi. Bu haqda mamlakat davlat televideniyesiga tayangan holda «Reuters» xabar berdi.
«Eron fuqarolari tomonidan «Telegram» ustidan tushgan turli shikoyatlar hamda ushbu messenjerning noqonuniy faoliyatiga qarshi xavfsizlik choralari ko‘rish maqsadida sud tizimi Eronda mazkur tarmoqdan foydalanishni taqiqlaydi», — deb iqtibos keltirgan «Reuters».
Ta’kidlash lozimki, Eronda ushbu messenjerdan 40 mlndan ortiq kishi foydalanadi.
Avvalroq Rossiya hududida ham «Telegram» bloklanganidan xabaringiz bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter