Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron sobiq prezidenti yana rahbar bo‘lmoqchi. U Rossiyani tanqid qilgandi

Eron sobiq prezidenti yana rahbar bo‘lmoqchi. U Rossiyani tanqid qilgandi

Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinejod bo‘lajak prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Eron davlat televideniyesi Telegram sahifasida xabar berdi.

O‘z nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Ahmadinejod mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga tashrif buyurdi.

«Bugun men Eron xalqiga yana bir bor salom berish uchun keldim. Ishonchim komilki, milliy salohiyatdan maksimal darajada foydalangan holda mamlakatning barcha muammolarini hal qilish mumkin», — deya uning so‘zlarini keltiradi telekanal.

Undan tashqari Eronning sobiq sog‘liqni saqlash va tibbiy ta’lim vaziri va parlament a’zosi Masud Pezeshkian, sport va yoshlar ishlari bo‘yicha sobiq vaziri o‘rinbosari Ahmad Rasulinejod, Demokratik partiya bosh kotibi Mostafa Kavakebyan va mamlakat parlamentining amaldagi deputatlari va boshqalar o‘z nomzodlarini ilgari surdi.

Eslatib o‘tamiz, Ahmadinejod 2005-2013-yillarda prezidentlik qilgan. 2022-yilda u Rossiyaning Ukrainaga hujumini qoralab chiqqandi. 

Eronda saylovlar 28-iyun kuni bo‘lib o‘tishi kerak. Nomzodlarni ro‘yxatga olish 28-may kuni boshlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring