Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron pul birligi riyoldan tumanga o‘zgaradi

Eron pul birligi riyoldan tumanga o‘zgaradi

Foto: «Prodengi.kz»

Eron parlamenti vakillari mamlakat pul birligini riyoldan tumanga o‘zgartirish loyihasini tasdiqlashdi. Bu haqda «Parstoday» xabar berdi.

Sayt xabariga ko‘ra, 4-may kuni Eron Islom Respublikasi parlamenti mamlakatdagi pul va bank qonunlarini o‘zgartirish loyihasini qabul qilgan.

Mazkur loyihaning yagona moddasiga asosan, mamlakatda pul va bank qonuni asta-sekin o‘zgartirildi. Eron pul birligi tuman bo‘lib, bir tuman 10 ming riyolga baravardir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring