Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron prezidenti vertolyoti vayronalari orasida «hayot belgilari» yo‘q — Davlat telekanali

Eron prezidenti vertolyoti vayronalari orasida «hayot belgilari» yo‘q — Davlat telekanali

Eron davlat televideniyesi Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyoti vayronalari orasida «hayot belgilari» yo‘qligini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda jahon agentliklari.

Reuters agentligining Eron rasmiysiga tayanib qo‘shimcha qilishicha, vertolyotda bo‘lganlarning barchasi halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Vertolyotning yo‘lovchilari Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan, Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyati gubernatori Malik Rahmetiy va Tabriz viloyati oyatullohi Ali Hoshim bo‘lgan.

Vertolyot yakshanba kuni Eron shimoli-g‘arbidagi tog‘li hududda, Ozarbayjon va Turkiya bilan chegaraga yaqin joyda qulagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring