Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron Oliy sudi Amerika josusiga o‘lim jazosini tayinladi

Eron Oliy sudi Amerika josusiga o‘lim jazosini tayinladi

Foto: «Iranroute.com»

Eron Oliy sudi Markaziy razvedka boshqarmasiga (SRU) josuslik qilishda ayblangan kishini o‘lim jazosiga, yana ikki kishini 5 va 10 yil qamoq jazosiga hukm qildi.

«Yaqinda Oliy sud amerikalik josus Amir Raximpurga o‘lim jazosini tasdiqladi», — deydi sud rasmiylari.

Xabarlarga ko‘ra, Eron yana ikki nafar «SRU» josusini aniqlab, ularga 5 va 10 yil turma jazosini tayinlagan.

O‘z navbatida, «Tasnim» agentligining ta’kidlashicha, oliy jazoga mahkum etilgan kishi Amerika razvedka xizmati bilan aloqada bo‘lgan, ulardan mukofotlar olib turgan hamda Eron atomi bo‘yicha ma’lumotlarni AQShga yetkazishga uringan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring