Eron maktablarni ishga tushirmoqchi. Lekin o‘quvchilarning bo‘lishi majburiy emas

Eron hukumati 16-maydan maktablarni ochishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi mamlakat rasmiy vakili Ali Rabii.
«Biz 16-maydan boshlab barcha tibbiy ko‘rsatmalarga rioya qilgan holda hamma maktablarni ochishga qaror qildik. Lekin u yerda o‘quvchilar bo‘lishi majburiy emas», — dedi u «IRINN» telekanali efirida.
Eronda 19-fevralda hukumat koronavirus haqida xabar bergandan boshlab hozirga qadar 107,6 mingta kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, ulardan 6640 nafari o‘lim bilan tugagan. Qariyb 86 ming kishi tuzaldi.
Ko‘rilgan birinchi choralardan biri ayrim hududlarda maktablar va boshqa o‘quv muassasalarini yopish to‘g‘risidagi qaror bo‘lgan. Koronavirus tarqala boshlagach bu qaror ma’lum muddatga butun mamlakat bo‘ylab tatbiq etila boshlagan. Bu muddat bir necha marta uzaytirilgan. Eron televideniyesi o‘quvchilar uchun darslarni tashkil etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter