Eron hukumati «Instagram»ni oxirgi marta ogohlantirdi
Eron kiberdunyosi Oliy kengashi rahbari Abulhasan Firuzabodiy, mamlakatda eng ko‘p ishlatiladigan «Instagram»ning Eronda vakolatxona ochishi va mahalliy foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni mamlakat ma’lumotlar markazida saqlashini, aks holda uning yopilishini ma’lum qildi. Bu haqda «Sabah.com.tr»sayti xabar bermoqda.
Eron davlat televideniyesida efirga uzatilgan bir dasturda qatnashgan Firazubodiy «Instagram» ma’muriyati bilan shu paytgacha bir necha marta uchrashganini, lekin ular Eronning shartlarini qabul qilmaganini ma’lum qildi.
«Telegram» ma’muriyati Eron bilan hamkorlikni qabul qilmagani uchun yopib qo‘yilganini eslatgan Firuzabodiy «Instagram» ham shu ahvolga tushishi mumkinligini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter