Erkinjon Turdimov «negativ material» yozganlarga pul berilishini aytdi
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov 15-fevraldan boshlab tanqidiy material tayyorlab, taqdim etadigan jurnalist va blogerlarni moddiy rag‘batlantirmoqchi.
«15 fevraldan boshlab kim negativ olib kelsa, pul beramiz. Albatta, asosli va isbotlangan bo‘lishi kerak. Katta material bo‘lsa ko‘proq, kichik bo‘lsa kamroq pul beramiz.
Men o‘zim alohida pul topib beraman. Kim olib kelishini farqi yo‘q, ko‘chadagi odam bo‘lsayam mayli. Rasmga olingan bo‘lsa, tasdiqlangan bo‘lsa.
Qanday rag‘batlantiramiz? Masalan, mahalla raisi, yoki veterinar bular hammasi budjetdan oylik oladi. Faoliyatida kamchilik tasdiqlansa, unga 30-40 foizgacha jarima solinadi. O‘sha pulni rag‘batlantiruvchi mukofot qilib bersa bo‘ladi»,—deydi Samarqand viloyati hokimi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter