Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati rahbari lavozimiga tasdiqlandi
Erkinjon Turdimov hokim lavozimiga qayta tasdiqlandi.
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasida navbatdagi masala sifatida viloyat hokimini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Qonunchilikka ko‘ra viloyat hokimi lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etiladi hamda ushbu nomzod bo‘yicha partiya guruhlari bilan maslahatlashuv o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan viloyat hokimi lavozimiga nomzod bo‘yicha partiya guruhlari bilan maslahatlashuv o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev sessiya ishida ishtirok etdi. Maslahatlashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Samarqand viloyati hokimi lavozimiga Erkin Turdimov nomzodi ko‘rsatilganligi bildirildi.
Nomzod deputatlarga hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqboliga mo‘ljallangan o‘z dasturini taqdim etdi.
Nomzod bo‘yicha partiyalar guruhlari ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi hamda «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonunning 2-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi qarori bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich nomzodi Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter