Erkaklarni yo‘ldan urgan poraxo‘r hokim ayol 13 yilga qamaldi
Xitoyning Guychjou viloyati gubernatori va partiya kotibi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan 52 yoshli Chjon Yan 13 yilga qamalib, 1 mln yuan (140 ming dollar) jarimaga tortildi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.
Rahbar ayol qo‘l ostidagi 58 nafar erkak bilan ishqiy munosabatlarda bo‘lganlikda va 60 mln yuan (8,5 mln dollar) pora olganlikda aybli deb topildi.
Chjon Yan lavozimidan foydalanib muntazam pora olib kelgan, evaziga davlat investitsiyalari niqobi ostida ayrim kompaniyalarga ustunlik berib kelgan.
Korrupsiyadan tashqari, u qo‘l ostidagi erkaklarni yo‘ldan urib kelgan. Ayrimlar shaxsiy manfaat uchun, ba’zilar esa qo‘rqqanidan bu ishga rozi bo‘lgan, deyiladi xabarda.
Uzoq yil qamoqqa ravona bo‘lgan va katta jarimaga tortilgan Chjon Yan kommunistik partiya safidan ham haydalib, barcha davlat lavozimlaridan chetlatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter