Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“Eridan o‘ch olish uchun bolasini qiynagan ona” erini IIBga yozib berdi

“Eridan o‘ch olish uchun bolasini qiynagan ona” erini IIBga yozib berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishining chaqalog‘ini qiynab videotasvirga olgani va uni xorijda ishlayotgan eriga jo‘natgani aytilgan videotasvir tarqaldi.

Andijon viloyati IIB bergan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, holat Ulug‘nor tumanining Cho‘lobod mahallasida yashovchi,  21 yoshli Sh.O ismli ayol va uning 5 oylik farzandi bilan sodir bo‘lgan.

Ayol Rossiyada ishlayotgan turmush o‘rtog‘iga o‘zaro o‘rtalaridagi oilaviy kelishmovchilik sababli 2023-yilning 13-iyun kuni chaqaloq farzandini yig‘latgan holda videoga olgan va Telegram messenjeri orqali jo‘natgan.

Ushbu videoxabarlar ijtimoiy tarmoqlarga tarqalganidan so‘ng, ushbu ayolning o‘zi 14-iyun kuni viloyat IIBga murojaat qilib, unda videotasvir haqiqatda o‘zi tomonidan olingani biroq turmush o‘rtog‘i uni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib, obro‘sizlantirayotganini ma’lum qilgan va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. 

Hozirda Sh.O. ning farzandiga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan va Andijon viloyati, Ulug‘nor tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Ushbu holat bo‘yicha guvohlarning vajlari to‘liq tekshirilishi, holatga to‘liq oydinlik kiritilishi ma’lum qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring