«Yerga kirsa qulog‘idan…» – Farg‘onada alimentdan qochgan ota quduqdan topildi
Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘basi inspektorlari tomonidan olib borilgan tadbirda farzandini moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlab yurgan qarzdor ota yashash xonadonidagi quduqdan topildi.
Gap shundaki, Oltiariq tumanida yashovchi fuqaro Saidjon turmush o‘rtog‘i bilan oilaviy kelishmovchiliklar sabab ajrashib ketadi va ikkinchi tomon farzandini moddiy ta’minlamay qo‘yadi.
Shundan so‘ng, ona o‘z huquqidan foydalangan holda farzandi haqqini talab qilib sudga murojaat etadi.
Sud qaroriga ko‘ra, undiruvchi Zamiraxon foydasiga ikki nafar farzandlari uchun har oyda aliment undirish tartibi belgilanadi.
Sud ijro hujjati Byuroning Oltiariq tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.
Biroq, ota aliment to‘lamay qochib yurgan va qarzdorlik 10 mln so‘mdan ortib ketgan.
Oxir-oqibat unga nisbatan davlat ijrochisi tomonidan qidiruv e’lon qilindi. Boshqarma inspektorlari hamda huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari hamkorlikda olib borgan qidiruv ishlarida qarzdor Saidjon yangi kovlanayotgan quduq ichidan topildi.
Qidiruvdagi shaxs belgilangan tartib bo‘yicha davlat ijrochisiga topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter