Erdo‘g‘onning bayonoti Isroilga «qattiq tegdi»
Isroil Turkiya rahbarining so‘nggi bayonotlari sabab ikki tomonlama munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun Turkiyadagi diplomatlarini chaqirib oladi. Bu haqda Isroil tashqi ishlar vaziri Eli Koen ma’lum qildi.
«Turkiya bayonotlarining keskin ohangi fonida men Isroil-Turkiya munosabatlarini qayta ko‘rib chiqish uchun diplomatik vakillarimizni Turkiyadan olib chiqishni buyurdim», deb yozadi u.
Istanbulda prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Falastin tarafdorlari katta miting chog‘ida nutq so‘zladi. U G‘azo sektoridagi harakatlari uchun Isroilni harbiy jinoyatchi deb e’lon qilishga va’da berdi.
Erdo‘g‘on nutqi davomida G‘arb davlatlarining pozitsiyasini ham qoraladi.
Miting boshlanishidan avval ham Erdo‘g‘on Isroilni G‘azo sektoriga hujumlarni to‘xtatishga chaqirgandi, chunki tinch aholi, jumladan, ayollar va bolalar o‘qqa tutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter