Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on Shvetsiyaning NATOga kirishi bo‘yicha bayonot berdi

Erdo‘g‘on Shvetsiyaning NATOga kirishi bo‘yicha bayonot berdi

Turkiya hukumati NATOning ochiq eshiklar siyosatiga amal qilishda davom etmoqda, deya ma’lum qildi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shunga qaramay, rasmiy Anqara Shvetsiyaning ittifoqqa qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlay olmaydi.

«Biz NATOning ochiq eshiklar siyosatini qo‘llab-quvvatladik. Biz Finlyandiyaning a’zoligini tasdiqladik. Lekin biz terrorchilarni olqishlaganlarni ma’qullay olmaymiz. Shvetsiyadan o‘z majburiyatlarini bajarishini kutamiz», deb tushuntirdi Erdo‘g‘on.

U, shuningdek, Shvetsiya atrofidagi vaziyat iyul oyida Litvada bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti doirasida muhokama qilinishini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, yil boshida Shvetsiyada Qur’oni Karimning Turkiya elchixonasi oldida yoqib yuborilishi munosabatlarni keskinlashtirdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring