Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on juma kungi ko‘ngilsizliklar takrorlanmasligi uchun oldindan ogohlantirdi

Erdo‘g‘on juma kungi ko‘ngilsizliklar takrorlanmasligi uchun oldindan ogohlantirdi

Foto: «M.kiblat.net»

Turkiya hukumati koronavirus pandemiyasi tufayli dam olish kunlari joriy etilgan 48 soatlik komendantlik soati amaliyotini davom ettirmoqchi, dedi mamlakat prezidenti Toyyib Erdo‘g‘on.

Turkiya IIV 10-aprel — juma kuni kechasi koronavirus pandemiyasi tufayli shanba va yakshanba kunlari 31 provinsiya, jumladan, Anqara, Istanbul va Antaliya aholisiga ko‘chaga chiqish taqiqlanishini e’lon qildi. Ayrim kishilar bu qarorni tanqid qilib chiqishdi. Ularning fikricha, kutilmagan xabar oziq-ovqat do‘konlari oldida turnaqator navbatlarni keltirib chiqarib, koronavirus tarqalish xavfini oshirgan.

Erdo‘g‘on o‘z murojaatida juma kuni yuz bergan holat takrorlanmasligi uchun dam olish kunlari komendantlik soatlari bu hafta ham, zarur bo‘lsa, keyin ham e’lon qilinishini bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring