Erdo‘g‘on Finlyandiya bilan NATO masalasida gaplashishga rozi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishi masalasida ushbu mamlakat vakili bilan muzokara o‘tkazishga rozi. Bu haqda Sky News xabar berdi.
Erdo‘g‘on matbuotga bayonotida shu masalada Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte bilan gaplashganini aytdi. Qolaversa, ertaga Buyuk Britaniya vakili bilan ham muloqot qiladi.
Turkiya prezidenti Britaniya va Finlyandiya rahbarlaridan aynan qaysi birlari bilan suhbatlashishini ochiqlamadi.
Kurdiston ishchi partiyasiga boshpana bergan Finlyandiya va Shvetsiyani Turkiya NATOda ko‘rishni istamayapti. Muloqotlardan maqsad — Turkiyani ko‘ndirish.
Avvalroq Finlyandiya prezidenti Niinistyo hamda Shvetsiya bosh vaziri Anderson Oq uyda qabul qilingan, ushbu bahsli masalada Bayden Erdo‘g‘on bilan til topishishiga umid bildirilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter